Konstitutsiya kutubxonasi
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya haqida Konstitutsiya mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi.
|
Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli. |
Tadbirkor va ishbilarmonlar huquq va manfaatlari Konstitutsiya himoyasida Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlaydi. |
Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. |
Yoshlar huquqlarini himoya qiluvchi Konstitutsiya Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi. |
O‘zbekiston – ijtimoiy davlatDavlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi. |
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy ta’minot huquqini ta’minlaydigan Konstitutsiya Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir. |
O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy davlat. |
“Inson qadri uchun” tamoyili ustuvor bo‘lgan Konstitutsiya Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas. |
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya — inson sha’ni, qadr-qimmati va huquqlarining mustahkam kafolati “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi”. Ushbu haqqoniy e’tirof O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 16-noyabrda imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishda alohida ta’kidlandi. |