Bolalar uchun Konstitutsiya

Oila, bolalar va yoshlar

Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar

Siyosiy huquqlar

Oliy Majlis

Konstitutsiyada belgilangan majburiyatlarimiz

Konstitutsiyada ta’lim olish huquqiga oid 5 ta muhim ma’lumot

Bepul bilim olish, tibbiy yordam, ijod erkinligi... Konstitutsiyada bolalar uchun muhim normalar...

Kasal bo‘lganda..., Qariganda... Ishsiz qolganda davlatdan taʼminot olishga haqlimiz!

Ota-onamizga g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak: bu Konstitutsiyamizda yozilgan!

Har bir bola dam olish huquqiga ega: Konstitutsiyada bolalarga taalluqli normalar.

Xaloskor o‘rdakcha

Suvni asraylik!

Assalomu alaykum! Sizlarni “Hukumat bolalar nigohida” veb-saytida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz. Mazkur veb-sayt bolalarni “Davlat” va “Hukumat” tushunchalari, shuningdek O‘zbekiston to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar bilan yaqindan tanishtirish, ularning siyosiy va huquqiy bilimlarini shakllantirish maqsadida yaratildi. Veb-sayt 6 -12 yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan. Veb-saytdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari dars jarayonida foydalanishlari mumkin. Chunki unda O‘zbekiston haqida hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat hokimiyati tizimi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar sodda matnlar va rasmlar yordamida tasvirlab berilgan. Bosh sahifada Zulfiya va Bobur qahramonlari bilan tanishishingiz mumkin. Zulfiya sizni “Hukumat” bilan tanishtiradi. Bobur esa “Davlat” bilan tanishtiradi. Har ikki qahramon paydo bo‘lgan bosqichlarda umumiy ma’lumotlar taqdim etiladi. Sayohat davomida foydalanuvchilar ma’lumotlar bilan bosqichma-bosqich tanishib chiqishlari mumkin. Ayrim bosqichlarda o‘yinlar o‘ynash imkoniyati yaratilgan bo‘lib, ularni boshidan oxiriga qadar o‘ynash yoki shunchaki o‘tkazib keyingi bosqichga o‘tish mumkin. Asosiy sahifaning “Hukumat” bo‘limida hukumatga aloqador barcha ma’lumotlar bir joyda jamlagan. Asosiy sahifaning “Davlat” bo‘limi o‘zida Davlatga aloqador barcha ma’lumotlar bir joyda jamlagan. Asosiy sahifada “O‘yinlar” bo‘limi veb-saytda joriy etilgan barcha o‘yinlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish uchun yaratilgan. Foydalanuvchilar asosiy sahifada o‘zlariga ma’qul tilni tanlab olishlari mumkin, sayohat davomida ham tilni o‘zgartirish imkoniyati yaratilgan. Ushbu veb-sayt O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalining tarkibiy qismi bo‘lib, undagi barcha ma’lumotlar qonun bilan muhofaza qilingan. Batafsil

Qiziqarli ma'lumotlar
Garchi Yaponiya Konstitutsiyasining 9-moddasiga binoan, Yaponiya kelajakda urush olib borish huquqidan hamda quruqlik, dengiz va havo harbiy kuchlar tuzish huquqidan abadiy vos kechgan bo'lsada, bugungi kunda Yaponiya harbiy harajatlari bo'yicha dunyoda 5-o'rinda turadi ($ 58,97 mlrd).