O'zbekiston haqida
O’zbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan bo’lib, umumiy maydoni 448,9 ming km.kv.ni tashkil etadi. Respublika hududi sharqdan g’arbgacha 1 425 km ni, shimoldan janubgacha esa 930 km ni tashkil etadi.
Respublika shimolda va shimoliy-sharqda Qozog'iston, sharqda va janubiy-sharqda Qirg'iziston va Tojikiston, g'arbda Turkmaniston, janubda esa Afg'oniston bilan chegaradoshdir. Davlat chegarasining Afg'oniston bilan uzunligi — 137 km, Qozog'iston — 2 203 km., Qirg'iziston — 1 099 km., Tojikiston — 1 161 km. va Turkmaniston bilan — 1 621 km ni tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi
Qoraqalpog'iston Respublikasi
- Poytaxti – Nukus shahri
- Qoraqalpog'iston Respublikasi hududi – 166,6 ming kv.km
- Qoraqalpog'iston Respublikasi aholisi – 1791,1 ming kishi
Andijon viloyati
- Markazi – Andijon shahri
- Viloyat hududi – 4,24 ming kv.km
- Viloyat aholisi – 2910,5 ming kishi
Buxoro viloyati
- Markazi – Buxoro shahri
- Viloyat hududi – 40,30 ming kv.km
- Viloyat aholisi – 1815,2 ming kishi
Jizzax viloyati
- Markazi – Jizzax shahri
- Viloyat hududi – 21,4 ming kv.km
- Viloyat aholisi – 1276,1 ming kishi
Qashqadaryo viloyati
- Markazi – Qarshi shahri
- Viloyat hududi – 28,6 ming kv.km
- Viloyat aholisi – 3025,6 ming kishi
Samarqand viloyati
- Markazi – Samarqand shahri
- Viloyat hududi – 16,77 ming kv.km
- Viloyat aholisi – 3583,9 ming kishi
Navoiy viloyati
- Markazi – Navoiy shahri
- Viloyat hududi – 110,99 ming kv.km
- Viloyat aholisi – 927,9 ming kishi
Namangan viloyati
- Markazi – Namanagan shahri
- Viloyat hududi – 7,44 ming kv.km
- Viloyat aholisi – 2603,4 ming kishi
Surxondaryo viloyati
- Markazi – Termiz shahri
- Viloyat hududi – 20,1 ming kv.km
- Viloyat aholisi – 2411,5 ming kishi
Toshkent viloyati
- Markazi – Toshkent shahri
- Viloyat hududi – 15,6 ming kv.km
- Viloyat aholisi – 2794,1 ming kishi (Toshkent sh.dan tashqari)
Sirdaryo viloyati
- Markazi – Guliston shahri
- Viloyat hududi – 4,3 ming kv.km
- Viloyat aholisi – 790,6 ming kishi
Xorazm viloyati
- Markazi – Urganch shahri
- Viloyat hududi – 6,05 ming kv.km
- Viloyat aholisi – 1746,9 ming kishi
Farg'ona viloyati
- Markazi – Farg'ona shahri
- Viloyat hududi – 6,76 ming kv.km
- Viloyat aholisi – 3505,3 ming kishi
Toshkent shahri
- Hududi – 334,8 kv.km
- Aholisi – 2393,2 ming kishi