O’zbekiston konstitutsiyasining jamiyat hayotidagi o’rni va ahamyati Qohiradagi muhokama

Mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Unda Misr Arab Respublikasida bo’lib turgan O’zbekiston fuqarolari, ushbu mamlakatdagi al-Azhar, Ayn Shams universitetlari va boshqa oliy o’quv yurtlarining talabalari, Misr konservatoriyasi o’qituvchilari hamda Qohira radio qo’mitasi xodimlari ishtirok etdilar.

Davra suhbati ishtirokchilari Prezident Islom Karimov rahnamoligida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishining tarixi hamda respublikamiz Asosiy qonunining jamiyatimiz hayotida tutgan o’rni va ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shu bilan birga, keyingi yillar davomida keng ko’lamli ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning hayotga tadbiq etilishi natijasida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik haqidagi atroflicha ma'lumotlar ham tadbir qatnashchilarining e'tiboriga havola qilindi.

Davra suhbatida qayd etilganidek, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilangan, unda jamiyatda tinchlik va hamjihatlik barqarorligi uchun mustahkam zamin mavjuddir. Asosiy qonunimiz mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish va rivojlantirish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil liberallashtirish va modernizatsiya qilish hamda “kuchli davlatdan -- kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini amalga tadbiq etishda mustahkam huquqiy asos sifatida xizmat qilmoqda.

Tadbirda so’zga chiqqanlar e'tirof etishganidek, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakat ijtimoiy taraqqiyotining mustahkam tayanchi va huquqiy kafolati hisoblanadi.


Manba: “Jahon” axborot agentligi

Qiziqarli ma'lumotlar
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi davlatining konsitutsiyasi 300ga yaqin qonun hujjatlaridan iboratdir, ya'ni bu davlatda yagona konstitutsiya hujjati mavjud emas.