Xitoydan munosabat: So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli O‘zbekiston jadal rivojlanayotgan davlatga aylanmoqda

Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti direktori Sun Chjuanji “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha referendum barcha to‘g‘risidagi fikrlarini bildirdi:

– 2016-yilda Shavkat Mirziyoyev oliy lavozimni egallaganida O‘zbekistonni taraqqiyotning tubdan yangi bosqichiga olib chiqish, qator murakkab va dolzarb muammolarni hal etish, hokimiyat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmini yaratish vazifalari turgan edi. O‘zbekiston Prezidenti darhol davlat tarixidagi eng yirik islohotlarni boshlab yubordi, ularning samarasini bugun fuqarolar his qilayapti.

Yangilangan Konstitutsiyani ishlab chiqishda O‘zbekiston fuqarolarining misli ko‘rilmagan faolligi, bir tomondan, davlat rahbari olib borayotgan demokratik islohotlar siyosatini keng qo‘llab-quvvatlayotganidan, ikkinchi tomondan, Yangi O‘zbekistonni barpo etish maqsadlariga erishish samaradorligidan chuqur va samimiy manfaatdorligidan dalolat beradi.

O‘zbekiston Prezidenti har doimgidek xalqining fikri va qo‘llab-quvvatlashiga tayangan holda referendum o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Islohotlarda konseptual g‘oya – inson manfaatlari hamma narsadan ustun, “Inson sha’ni va qadr-qimmati yo‘lida” tamoyili barcha islohotlarning bosh mezoni sifatida belgilandi.

Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlarda xalq farovonligini oshirish va turmushini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, O‘zbekistonning ijtimoiy davlat sifatidagi mavqei mustahkamlangan. Bu Asosiy qonunga davlatning nafaqat teng huquqlar, balki teng imkoniyatlarni ta’minlash, jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni yumshatish, munosib turmush sharoitini yaratish, davlatning fuqarolar oldidagi ijtimoiy mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha vazifalarini strategik tarzda kiritishni anglatadi.

O‘zbekistonning g‘ayratli xalqi, asosiy harakatlantiruvchisi – o‘zbek yoshlari qat’iy dunyoqarashga, faol siyosiy, fuqarolik va ijtimoiy pozitsiyaga ega bo‘lib, kelajakka katta ishonch bilan qaraydi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishda davom etmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli O‘zbekiston barqaror rivojlanish sur’atlarini, o‘z mustaqilligini, xalqining tinch va osoyishta hayotini himoya qilish qobiliyatini namoyon etgan, o‘z kuchiga va salohiyati tayangan, jadal rivojlanayotgan davlatga aylanmoqda. Ushbu maqsadlarning amalga oshishining kafolati mamlakatning Yangi Konstitutsiyasi bo‘ladi.

Qiziqarli ma'lumotlar
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi davlatining konsitutsiyasi 300ga yaqin qonun hujjatlaridan iboratdir, ya'ni bu davlatda yagona konstitutsiya hujjati mavjud emas.