Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi test savollari

1. Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari ... asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Yuqorida keltirilgan normada tushirib qoldirilgan nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
a) adolat prinsipiga;
b) qonuniylik prinsipiga;
v) mutanosiblik prinsipiga;
g) insoniylik prinsipiga.
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 20-moddasi

2. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 20-moddasida keltirilgan “Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar” kimning foydasiga talqin etilishi belgilangan?
a) albatta davlat foydasiga;
b) inson foydasiga;
v) jamiyat foydasiga;
g) qonunchilik hujjatlari foydasiga.
To‘g‘ri javob: b), asos Konstitutsiya 20-moddasi

3. Shaxsni hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga kimning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi?
a) Bosh prokurorning;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining;
v) Inson huquqlari bo‘yicha vakil – Ombudsmanning;
g) faqat sudning.
To‘g‘ri javob: g) asos Konstitutsiya 27-moddasi

4. Shaxs sudning qarorisiz qancha muddatdan ortiq vaqt davomida ushlab turilishi mumkin emas?
a) qirq sakkiz soatdan ortiq;
b) bir ish kuni davomida;
v) o‘ttiz olti soatdan ortiq;
g) uch sutkadan ortiq.
To‘g‘ri javob: a), asos Konstitutsiya 27-moddasi

5. Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyaning 29-moddasiga asosan har bir shaxs ushlanganida qaysi paytdan e’tiboran o‘z tanloviga ko‘ra advokat yordamidan foydalanish huquqiga egaligi belgilangan?
a) shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilingan vaqtdan boshlab;
b) shaxsning nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarilgan paytdan boshlab;
v) shaxsning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab;
g) jinoyat protsessini boshlash to‘g‘risida qaror chiqarilgan vaqtdan boshlab.
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 29-moddasi

6. Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga ... yo‘l qo‘yiladi.
Yuqorida keltirilgan normada tushirib qoldirilgan nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
a) faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan;
b) faqat qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra;
v) faqatgina sudning qaroriga asosan;
g) qonun ruxsat bergan hollardagina.
To‘g‘ri javob: a), asos Konstitutsiya 31-moddasi

7. Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz qancha muddatga saylanadi?
a) o‘n yillik;
b) o‘n besh yillik;
v) muddatsiz;
g) besh yillik.
To‘g‘ri javob: a), asos Konstitutsiya 132-moddasi

8. Quyida berilgan javoblardan qaysi biri O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakolatiga kirmaydi?
a) konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini ko‘rib chiqadi;
v) referendumga chiqarilayotgan masalalarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
g) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida sud amaliyotining dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadi va qonunchilikning qo‘llanilishi yuzasidan tushuntirishlar beradi.
To‘g‘ri javob: g), asos Konstitutsiya 133-moddasi

9. Konstitutsiyaviy sudning qarori ustidan kimga yoki qaysi organga shikoyat qilinishi mumkin?
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga;
b) Bosh vazirga;
v) Konstitutsiyaviy sudning qarori qat’iy va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas;
g) faqat qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga.
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 133-moddasi

10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning o‘rinbosarlari kimning taqdimiga binoan besh yillik muddatga saylanadi?
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining;
b) Senat Raisining;
v) Markaziy saylov komissiyasi Raisining;
g) Bosh vazirning
To‘g‘ri javob: a), asos Konstitutsiya 134-moddasi

11. Quyida keltirilganlardan qaysi javobda sudyalar hamjamiyatining mustaqil organi keltirilgan bo‘lib, ushbu organ sudyalar korpusining shakllantirilishini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashi belgilangan?
a) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi;
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati;
g) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Hay’ati.
To‘g‘ri javob: b), asos Konstitutsiya 135-moddasi

12. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati qanchani tashkil etadi?
a) o‘n yil;
b) yetti yil;
v) besh yil;
g) uch yil.
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 144-moddasi

13. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qanday soliqlar va yig‘imlarni to‘lashga majbur?
a) fuqarolarning daromadi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan soliq va yig‘imlarni
b) xalqaro shartnomalar bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni
v) qonun bilan belgilangan va konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmaydigan soliqlar va yig‘imlarni
g) mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilangan soliqlarni
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 63-moddasi

14. O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini nima tashkil etadi?
Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi
a) markazlashtirilgan boshqaruvga asoslangan rejali iqtisodiyot
b) fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan xilma-xil shakllardagi mulk
v) davlat monopoliyasi va xususiy mulk
g) bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat muhitini yaratish.
To‘g‘ri javob: b), asos Konstitutsiya 65-moddasi

15. O‘zbekiston Respublikasida monopoliyani tartibga solishga qaratilgan quyidagi jumlalardan qaysi biri to‘g‘ri?
a) davlat har qanday monopol faoliyatni taqiqlaydi
b) monopoliya faqat davlat ko‘magi asosida amalga oshiriladi
v) monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi
g) xususiy kompaniyalar ma’lum bir shart-sharoitlarda monopoliyani tashkil etishi mumkin
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 67-moddasi

16. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq nimalar umummilliy boylik hisoblanadi?
a) faqat davlatga qarashli qo‘riqxonalar, suv omborlari va muhofaza etiladigan tarixiy obidalar
b) yer va yer osti boyliklari
v) yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar
g) yer, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi
To‘g‘ri javob: v), Konstitutsiya 68-moddasi

17. Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirishda ishtirok etadimi?
a) yo‘q, ishtirok etmaydi
b) ha, ishtirok etadi, faqat jamoatchilik nazoratini amalga oshirish orqali
v) ha, ishtirok etadi, faqat viloyat hokimlari fuqarolar ishtirokini lozim deb hisoblasa
g) yo‘q, ishtirok etmaydi, faqat fikr bildirishi mumkin
To‘g‘ri javob: b), asos Konstitutsiya 148-moddasi

18. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti qaysi tarkibiy qismlardan iborat?
a) respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan iborat
b) respublika budjeti, viloyatlar budjetlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan ajratiladigan mablag‘lardan iborat
v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan iborat
g) faqat respublika budjeti va yirik shahardar budjetidan iborat
To‘g‘ri javob: a), Konstitutsiya 148-moddasi

19. O‘zbekiston Respublikasida qaysi organ soliqlarni belgilash huquqiga ega?
a) Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Iqtisodiyot va moliya vazirligi
b) mahalliy davlat hokimiyati organlari
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
g) Markaziy bank
To‘g‘ri javob v), asos Konstitutsiya 149-moddasi

20. O‘zbekiston Respublikasi hududida qaysi pul birligi cheklanmagan qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi?
a) dollar
b) yevro
v) so‘m
g) erkin konvertatsiya qilinadigan har qanday pul birligi
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 150-moddasi

21. O‘zbekiston Respublikasida qaysi organ pul-kredit va valyuta siyosatini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi?
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi
b) Markaziy bank
v) Hisob palatasi
g) Markaziy bank Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda
To‘g‘ri javob: b), asos Konstitutsiya 151-moddasi

22. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-taomillari qaysi prinsiplar asosida amalga oshiriladi?
a) ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga
b) Davlat budjetini shakllantirish va ijro etish yopiqlik prinsipi asosida amalga oshiriladi
v) ochiqlik va fuqarolarning Davlat budjetini shakllantirish hamda ijro etish jarayonida ishtirok etishi prinsiplariga
g) Davlat budjetini shakllantirish va ijro etishda jamoatchilik nazoratini kengaytish prinsipiga
To‘g‘ri javob: a), asos Konstitutsiya 148-modda

23. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni qaysi konstitutsiyaviy organ amalga oshiradi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
g) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 94-moddasi

24. Quyidagi sub’ektlardan qaysi biri qonunchilik takliflarini Parlament qo‘yi palatasiga kiritishga haqli:
a)O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
b)O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi
v)O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani)
g)O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
To‘g‘ri javob: g), Konstitutsiya 98-moddasi

25. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari qanday saylov tizimi asosida saylanadi?
a) majoritar saylov tizimi asosida
b) proporsional saylov tizimi asosida
v) aralash saylov tizimi asosida
To‘g‘ri javob: v), asos Saylov kodeksi

26. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qancha a’zolar (senatorlar) dan iborat?
a) 100 nafar a’zodan, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadi, o‘n olti nafar a’zosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi
b) 75 nafar a’zodan, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — besh kishidan saylanadi, besh nafar a’zosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi
v) 85 nafar a’zodan, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — besh kishidan saylanadi, o‘n besh nafar a’zosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi
g) 65 nafar a’zodan, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — to‘rt kishidan saylanadi, to‘qqiz nafar a’zosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi
To‘g‘ri javob: g), asos Konstitutsiya 92-moddasi

27. Quyidagilardan qaysi biri O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlariga kiradi ?
a)O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash
b)O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash
v)O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullash
g)O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish
Javob: O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash (93-modda).

28. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari bo‘yicha ma’ruzasini har yili qaysi davlat organiga eshitish uchun taqdim etadi?
a) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 93-moddasi

29. Qaysi davlat hokimiyati organiga mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga o‘z faoliyatini amalga oshirishda ko‘maklashish vazifasi yuklatilgan?
a) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga
g) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
To‘g‘ri javob: b), asos Konstitutsiya 65-moddasi

30. Qancha fuqarolar qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli?
a) O‘zbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bo‘lgan, yuz ming nafardan kam bo‘lmagan fuqaro
b) O‘zbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bo‘lgan, bir yuz ellik ming nafardan kam bo‘lmagan fuqaro
v) O‘zbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bo‘lgan, oltmish besh ming nafardan kam bo‘lmagan fuqaro
g) O‘zbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bo‘lgan, yigirma ming nafardan kam bo‘lmagan fuqaro
To‘g‘ri javob: a), asos Konstitutsiya 98-moddasi

31. Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan qancha muddat ichida ko‘rib chiqiladi?
a) 10 kun ichida
b) 30 kun ichida
v) 90 kun ichida
g) 60 kun ichida
To‘g‘ri javob: g), asos Konstitutsiya 99-moddasi

32. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan belgilangan muddat ichida qonun ko‘rib chiqilishi yuzasidan bo‘yicha qaror (ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida) qilinmasligi nimani anglatadi?
a) Senatning qonunni ma’qullanganligini va qonun yuzasidan e’tirozlar mavjud emasligini
b) Senat tomonidan qonun rad etilganligini
v) Senat qonun qabul qilish jarayonida ishtirok etmaganligini
g) b va v javoblar to‘g‘ri
To‘g‘ri javob: a)

33. Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari kim tomonidan belgilab beriladi?
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
b) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan
v) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
g) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan
To‘g‘ri javob: a), Konstitutsiya 114-moddasi

34. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi kim tomonidan qay tartibda quyi palataga taqdim etiladi ?
a) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan
g) barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan o‘zaro kelishilgandan so‘ng
To‘g‘ri javob: b), asos Konstitutsiya 118-moddasi

35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatishga oid farmonlari kim tomonidan tasdiqlanadi ?
a) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan
b) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur farmonlari boshqa davlat hokimiyati organi tomonidan tasdiqlanmaydi
To‘g‘ri javob: a), asos Konstitutsiya 109-moddasi

36. Viloyatlar, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan ... boshchilik qiladi.
a) xokim
b) rais
v) eng obro‘li, tajribali, katta yoshli deputat
g) Kengash spikeri
To‘g‘ri javob: b), asos Konstitutsiya 120-moddasi

37. Quyidagilardan qaysi biri Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlariga kirmaydi:
a)tegishli mahalliy budjetlarni ko‘rib chiqish va qabul qilish, ularning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish
b)hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini tasdiqlash
v)hokimni lavozimga tasdiqlash, uning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitish
g)hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish
To‘g‘ri javob: g), asos Konstitutsiya 122-123-moddalari

38. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qaysi davlat hokimiyati organi tizimiga kiradi?
a) mahalliy davlat hokimiyati ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimiga
b) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga
v) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi
g) O‘zbekiston mahallalari uyushmasi organlari tizimiga
To‘g‘ri javob: v), Konstitutsiya 127-moddasi

39. O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar qaysi vaqtda o‘tkaziladi ?
a) tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida
b) tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – noyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida
v) tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida
g) tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – dekabr oyi birinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida
To‘g‘ri javob: a), asos Konstitutsiya 128-moddasi

40. Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash kimning vakolatiga kiradi?
a) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati vakolatiga
b) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakolatiga
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarining birgalikdagi vakolatiga
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatiga
To‘g‘ri javob: g), asos Konstitutsiya 128-moddasi

41. O‘zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan ... tashqi siyosatni amalga oshiradi.
Tushurib qoldirilgan nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
a) ochiq
b) tinchliksevar
v) o‘zaro manfaatli
g) o‘zaro qo‘llab-quvvatlash
To‘g‘ri javob: b), asos Konstitutsiya 18-moddasi

42. Konstitutsiyaga muvofiq insonning huquq va erkinliklari unga qaysi vaqtdan e’tiboran tegilshi bo‘ladi ?
a) ona qornidaligidan
b) voyaga etganidan
v) O‘zbekiston fuqaroligini olganidan
g) tug‘ilganidan
To‘g‘ri javob: g), asos Konstitutsiya 19-moddasi

43. Konstitutsiyaga muvofiq kim sud hukmining yuqori turuvchi sud tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi huquqiga ega ?
a) har kim
b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
v) xorijiy davlat fuqarolari
g) fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
To‘g‘ri javob: a), asos Konstitutsiya 29-moddasi

44. Qaysi holatda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining O‘zbekistonga qaytish huquqi cheklanadi?
a) agar fuqaro xalqaro jinoyat sodir etganida
b) agar fuqaro xorijiy davlatda besh - olti yil yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa
v) agar fuqaro xorijiy davlatda qidiruvda bo‘lsa
g) O‘zbekiston fuqarolari O‘zbekistonga to‘sqinliksiz qaytish huquqiga ega
To‘g‘ri javob: g), asos Konstitutsiya 32-moddasi

45. Konstitutsiyaga muvofiq Oliy ta’lim tashkilotlarining qanday huquqlari kafolatlangan ?
a) akademik erkinlik
b) o‘zini o‘zi boshqarish
v) a, b, va g javoblar to‘g‘ri
g) tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 51-moddasi

46. O‘zbekiston Respublikasida ... mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.
Tushurib qoldirilgan nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
a) shifokorning
b) pedagogning
v) o‘qituvchinin
g) murabbiyning
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 52-moddasi

47. Konstitutsiyaga muvofiq davlatning oliy maqsadi nimadan iborat ?
a) O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘sini oshirish
b) barcha davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini o‘rnatishga erishish
v) insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash
g) ishsizlik va kambag‘allkini keskin qisqartirishga erishish
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 54-moddasi

48. Har kim O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, ... murojaat etishga haqli.
a) insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga
b) xalqaro sudlarga
v) Birlashgan Millatlr Tashkilotiga
g) ishsizlik va kambag‘allkini keskin qisqartirishga erishish
Tushurib qoldirilgan nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
To‘g‘ri javob: a), asos Konstitutsiya 55-moddasi

49. Fuqarolik jamiyatining asosini kimlar tashkil etadi?
a) nodavlat notijorat tashkilotlari
b) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
v) barcha javoblar to‘g‘ri
g) ommaviy axborot vositalari
To‘g‘ri javob: v), asos Konstitutsiya 69-moddasi

50. Konstitutsiyaga muvofiq nikoh qanday tamoyillarga asoslanadi?
a) O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga
b) nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga
v) nikohlanuvchilarning teng huquqliligiga
g) barcha javoblar to‘g‘ri

To‘g‘ri javob: g), asos Konstitutsiya 76-moddasi.

Qiziqarli ma'lumotlar
AQSh Konstitutsiyasi dunyodagi eng kichik va eng o‘zgarmas Konstitutsiya hisoblanadi.