Konstitutsiyaviy islohotlar - taraqqiyot omili (+video)

Konstitutsiya o‘zida insonning xalqaro umume’tirof etilgan asosiy huquq va majburiyatlarini o‘zida jamlagan va oliy yuridik maqomga ega hujjatdir.

Uni xalqchil tilda tushuntiradigan bo‘lsak, Konstitutsiya insonlarga mamlakatida erkin yashash, o‘zini yurt himoyasida ekanligini his qilishlari uchun sharoit yaratadi. Ushbu Konstitutsiya fuqarolarga muayyan huquq va o‘z navbatida majburiyatlarni ham yuklaydi. Shu kunga qadar qabul qilingan qonun, qaror, farmon, kodeks va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning barchasi Konstitutsiyaga asoslanadi va uni to‘ldiradi.

Shunday ekan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar barchamiz uchun o‘ta muhim va ahamiyatlidir.

Bugungi lavhamizda Toshkent Davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori Xayitjon Turdiyev yurtimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tadi.


M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA

Qiziqarli ma'lumotlar
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi davlatining konsitutsiyasi 300ga yaqin qonun hujjatlaridan iboratdir, ya'ni bu davlatda yagona konstitutsiya hujjati mavjud emas.