"Biz Konstitutsiyani o‘rganamiz" televizion ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Respublika tashkiliy qo‘mitasi majlisining 1 iyuldagi bayoni bilan tasdiqlangan tadbirlar rejasining 23-bandida "Biz Konstitutsiyani o‘rganamiz" ruknida Adliya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda televizion ko‘rik-tanlovi o‘tkazish belgilangan.

Tanlov Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey hamda Toshkent davlat yuridik kollej o‘quvchilari o‘rtasida bugun Adliya vazirligi binosida o‘tkazildi.

Tadbir ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘zaro bilim almashish, yoshlarning o‘z konstitutsiyaviy huquqlarini yaxshi tushunib yetishlari va faolligini oshirishga hamda mustaqil fikrlashga o‘rgatishga qaratilgan bahs-munozara tarzida o‘tkazildi.

Tanlov o‘zaro bahs-munozaralarga boy tarzda sog‘lom raqobat muhitida o‘tkazildi. Albatta, asosiy Qonunimizda ko‘rsatib o‘tilgan huquq va burchlarini bilgani sari yoshlarimiz o‘zlarini teranroq anglab, Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ulari yanada yuksaladi. Qonunlarni hurmat qilish, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashga intilish hissi kuchliroq shakllanadi.

Qiziqarli ma'lumotlar
AQSh Konstitutsiyasi dunyodagi eng kichik va eng o‘zgarmas Konstitutsiya hisoblanadi.