Konstitutsiya bilimdonlari

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi “Istiqbol” yoshlar qanoti va partiyaning Toshkent shahar kengashi hamkorligida “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi raisi H.Boboxonov va boshqalarPrezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlodni har jihatdan sog‘lom va barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning siyosiy-huquqiy madaniyati, ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini yanada kengaytirishda dasturilamal bo‘layotir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad Bosh qomusimizning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish orqali yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faolligini ta’minlashdan iboratdir.

Tanlovning test, savol-javob, sardorlar bellashuvi shartlarida ishtirokchilar Konstitutsiyamizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatiga doir bilim va tushunchalarini sinovdan o‘tkazdi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi birinchi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jamoasi ikkinchi, Toshkent islom universiteti jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Qiziqarli ma'lumotlar
Hindiston Konstitutsiyasi AQSh Konstitutsiyasidan farqli o‘laroq dunyodagi eng katta va murakkab Konstitutsiya hisoblanadi.