O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi Singapur ommaviy axborot vositasi nigohida

Singapurning “Indiplomacy” elektron jurnali sahifasida jurnalist Nomita Darning O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan referendum tafsilotlariga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi.

Unda muallif O‘zbekistonning umumxalq referendumini muvaffaqiyatli o‘tkazish vositasida inson huquqlari, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va boshqa qator masalalar bo‘yicha muhim qo‘shimchalar kiritilgan yangi Konstitutsiyani qabul qilganini qayd etgan.

Muallifning yozishicha, bu yana-da demokratik va inklyuziv jamiyat sari qo‘yilgan muhim qadam hisoblanadi. Saylovchilarning aksariyati - 90,21 foizi taklif qilingan o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashdi.

“Referendum jarayoni butunlay shaffof bo‘lib, unga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni bevosita kuzatgan jamoatchilik hamda 383 xalqaro kuzatuvchi nazorati ostida o‘tkazildi. Referendumni besh siyosiy partiya va mamlakat fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 43 mingdan ortiq vakillari bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Markaziy saylov komissiyasi va boshqa organlar ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan msurojaatlarga darhol javob berishdi”, deb yozadi jurnal.

Maqolada yangilangan Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, asosan, turli ijtimoiy qatlamlar fuqarolarining shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ekologik huquqlari va manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilishga qaratilgani alohida ta’kidlangan.

Qiziqarli ma'lumotlar
Braziliya Federativ Respublikasining konstitutsiyasida "Hindular to'g'risida" deb nomlangan maxsus bob (VIII bob) mavjud bo'lib, ushbu bob Braziliyada yashab kelgan tub aholiga taqdim etilgan alohida ustunlik va imtiyozlarga bag'ishlangan.