O‘zbekiston Parlamentining Hukumat faoliyati ustidan nazoratini kuchayishi

Eshbekov Durbek Sherali o‘g‘li O‘zDJTU tayanch doktoranti (PhD)

So‘ngi yillarda davlat boshqaruvi organlari faoliyati, qonunlar ijrosi, mamlakatni eng muhim sotsial-iktisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish davlat dasturlarining so‘zsiz bajarilishi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini o‘rnatish va uni tubdan yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi.

Muhtaram Prezidentmiz Sh.M. Mirziyoyev “Shu o‘rinda Hukumatning parlament bilan qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil sohasidagi hamkorligini yanada samarali tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisda doimiy asosda faoliyat ko‘rsatadigan vakili lavozimini ta’sis etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.”[1] deb aytgan fikirlari parlament nazoratining nechog‘lik dolzarb etanligini aglashimiz munkun.

Shu munosabat bilan parlamentning kundalik xayotida parlament eshituvlarini tashkil etish, hukumat a’zolarining, davlat va xo‘jalik boshkaruvi organlari rahbarlarining qonun hujjatlari talablarini bajarish bo‘yicha ishlarning axvoli to‘grisidagi hisobotini muntazam eshitib borish, parlament va deputat so‘rovlariga atroflicha va o‘z vaqtida javoblar olishni ta’minlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ko‘rildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan markazda va joylarda ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim dasturlarini bajarish borasidagi faoliyati ustidan samarali parlament nazoratini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Quyi palataning bu boradagi faoliyati fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarning samaradorligini oshirishga, shuningdek joylarda aholi tomonidan kutarilayotgan hayotiy dolzarb muammolarni hal etishga muayyan darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘tgan davrda Qonunchilik palatasida 16 ta parlament eshituvi o‘tkazildi. Xususan: Oliy Majlisning Inson huquqlari buyicha vakilining (Ombudsman) 2017 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi va tasdiqlandi.
Bosh vazir hisoboti va vazirlikka nomzodlarni muhokoma qilish amaliyotining ahamiyati dolzarb bo‘lib bu amaliyot takomillashib bormoqda.

Ma’lumki, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida «Biz yangi yildan boshlab siyosiy hayotimizda yana bir amaliyotni joriy etamiz. Kirib kelayotgan yilning hujjati bo‘lgan Murojaatnomada bayon qilingan har bir ustuvor yo‘nalish buyicha Bosh vazir va hukumat a’zolari amalga oshirilgan ishlar haqida Senat va qonunchilik palatasi oldida har chorakda hisobot berib boradi. Bu jarayon ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishi lozim. Shu tarqa fuqarolar Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalarni bajarish buyicha hukumat qanday ish olib borayotganidan xabardor bo‘ladi»[2], deb ta’kidlagan edi. Ushbu vazifalardan kelib chiqib, qonunchilikka tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Parlament tarixida ilk bor 2019 yildan boshlab Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga muljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur yangi institutni amaliyotga tatbiq etish ishlari boshlandi. Xususan, 2019 yil 18 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ilk bor Vazirlar Mahkamasining 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi buyicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2019 yil birinchi choragida bajarilishining borishi to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Aytib o‘tish lozimki, ushbu yangilik o‘z navbatida Hukumatning xalq vakillari oldidagi mas’uliyatini oshirishi barobarida, parlament a’zolarining islohotlarni amalga oshirish jarayonida faol qatnashishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, 2019 yildan boshlab parlament quyi palatasi faoliyatida ilk bor Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlar u mas’ul qo‘mita, fraksiyalar va deputatlar guruhlari tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqish va ma’qullash amaliyoti joriy etildi.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, parlament nazoratini amalga oshirish jarayonlarida davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlari, ularning o‘zaro nisbatlari hamda bir-biriga ko‘rsatadigan ta’sir darajalari nuqtai nazaridan hokimiyat taqsimoti jarayonlari ro‘y beradi. Markaziy davlat hokimiyati organlarining «hokimiyatlar bo‘linishi» vositasida cheklanishi hozirgi davrdagi davlat-huquq institutlarining tadrijiy rivojlanishi natijasidir.

Hukumatga ishonch masalasini ko‘rib chiqish. Moldova, Armaniston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston, Ukrainada parlamentning hukumatga bo‘lgan ishonchini yo‘qotish ikkinchisining vakolatlarini muddatidan oldin tugatishga olib keladi. Turkmaniston, Tojikiston, Ozarbayjon va Qozog‘istonda hukumat parlament ishonchiga umuman muhtoj emas, garchi Ozarbayjon va Qozog‘istonda parlament hukumatga ishonch masalasini hal qilishi mumkin, ammo davlat rahbari uchun bunday qaror tavsiya xarakteriga ega bo‘ladi.
Hukumat faoliyatini nazorat qilish. U parlament yoki uning quyi palatasi tomonidan hukumatning turli hisobotlarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘lib, barcha MDH mamlakatlarida amalga oshiriladi. Rossiya Federatsiyasida Hukumat Davlat Dumasiga har yili o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risida, shu jumladan, Davlat Dumasi tomonidan qo‘yilgan masalalar bo‘yicha hisobot taqdim etadi. Savollar fraksiyalar tomonidan ishlab chiqiladi va tegishli qo‘mitaga yuboriladi, u ularni umumlashtiradi va Davlat Dumasi Kengashiga yuboradi. Ikkinchisi ularning yakuniy ro‘yxatini tasdiqlaydi, keyin esa Hukumatga yuboriladi. Eng katta savol, bizning fikrimizcha, Davlat Dumasi tomonidan qo‘yilgan savollardir, chunki bu Hukumatga har qanday shaklda hisobot tayyorlashga imkon beradi, shu o‘rinda qonunda hisobot tuzilishiga aniq va lo‘nda talablar belgilanmagan.

Xulosa o‘rinda shuni aytish munkunki, hukumatning parlament oldida faoliyati to‘g‘risida hisoboti huquqiy demokratik davlat qurushning asosiy ko‘rinishi deyish munkun. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan markazda va joylarda ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim dasturlarini bajarish borasidagi faoliyati ustidan samarali parlament nazoratini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Quyi palataning bu boradagi faoliyati fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarning samaradorligini oshirishga, shuningdek joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan hayotiy dolzarb muammolarni hal etishga muayyan darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Shavkat Mirziyoev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt tarqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent - «O‘zbekiston»-2017.-9. B;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.- 2018-yil 28-dekabr.
3. “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi 2007-yil 11-aprel,O‘RQ-88-son // lex.uz
4. «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabr qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi. – 1997

Qiziqarli ma'lumotlar
Hindiston Konstitutsiyasi AQSh Konstitutsiyasidan farqli o‘laroq dunyodagi eng katta va murakkab Konstitutsiya hisoblanadi.