Moliyachilar bosh qomusimiz haqida fikr almashdi
Poytaxtimizda “Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati” mavzuida videokonferensiya o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Konstitutsiyamizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati haqida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.
Videokonferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Sh.Bafoyev va boshqalar qonunlarning asosiy ma’nosini, mazmun-mohiyatini xalqimizga yetkazish, qabul qilingan hujjatlarni atroflicha muhokama qilish, yurtdoshlarimizning ularga bo‘lgan munosabati hamda mexanizmlarni yanada takomillashtirishning dolzarb jihatlari bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.
Tadbir mamlakatimizning barcha hududlaridagi moliya boshqarmalari xodimlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn tarzda o‘tkazildi. Unda moliyachilar Bosh qomusimiz borasida fikr almashdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Behzod Bozorov,
O‘zA