Konstitutsiya va inson huquqlari

Ozod Tillaboyevich Xusanov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professori, yuridik fanlar doktori

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-53-son farmoyishida “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tilganligini ochib berish vazifasi belgilangan [1]. Shu boisdan ushbu maqolani aynan shu mavzuga bag‘ishlaymiz.

Aytish joizki, insoniyat tarixi ixtirolarga boy. Shu ixtirolar natijasida xayot rivojlanib, yashash uchun imkoniyatlar kengayib boradi. Xar qanday ixtirolar u tabiat qonuni bo‘lsin, jamiyat qonuni bo‘lsin, yoki turmush tarzini yengillashtiradigan bo‘lsin yo tasodif tufayli yoki zaruriyat tufayli vujudga keladi. Ixtirolarni, yangiliklarni vujudga kelishiga inson aql-zakovati, turmush tarzi, ongi ta’sir qiladi.

Insoniyat tarixida insonlarni aql-zakovati maxsuli sifatida ixtiro qilingan va taraqqiyotga katta xissa qo‘shgan ixtirolardan biri Konstitutsiyadir. U dastlab aloxida bir maqsad, vazifani bajarish uchun vujudga kelgan bo‘lsa, keyinchalik uning vazifalari kengayib bordi.

Konstitutsiya dastlab AQShda vujudga kelganida uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifasi xokimiyat bo‘linishi prinsipini o‘rnatish bilan, davlat xokimiyatining cheklash, tartibga solish bo‘lib, shu orqali insonning erkinligini ta’minlash bo‘lgan. AQSh Konstitutsiyasi to‘rtta masalani ya’ni: qonun chiqaruvchi xokimiyat, ijro xokimiyati, sud xokimiyati, federatsiya va uning sub’ektlarining vakolatlarini belgilab qo‘ygan. Unda inson huquqlari, jamiyatning boshqa institutlarini mustaxkamlash kabi masalalar ko‘zda tutilmagan. Faqat inson huquqlariga taalluqli “Kongress inson huquqlariga zid qonun qabul qilishi mumkin emas” degan qoida mavjud bo‘lgan. Keyinchalik AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar inson huquqlariga taalluqli bo‘ldi [2] va Konstitutsiya faqat hokimiyatni tashkil qilish va faoliyatiga tegishli xujjatdan inson huquqlarini belgilovchi xujjatga aylana bordi. Natijada xokimiyat bilan inson manfaati o‘rtasida mutanosiblik vujudga keldi.

Keyingi Konstitutsiyalar, hokimiyat va inson munosabatida inson manfaatlarini ustivorligini ta’minlash yo‘lidan bordi. Buni Konstitutsiyalarda dastlab, birinchi navbatda inson huquqlariga taalluqli masalalar hal qilinganida ham ko‘rish mumkin. Jumladan Germaniya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 1-bo‘limi “Asosiy huquqlar” deb atalib, uning 1-moddasida “Inson qadri daxilsizdir. Uni xurmat qilish va ximoya qilish xar qanday davlat xokimiyatining burchidir” deb belgilangan [3].

Shuningdek keyingi qabul qilinayotgan Konstitutsiyalarda inson masalasi Konstitutsiyalarning dastlabki boblarida berilmoqda.

Lekin xamma Konstitutsiyalarda ham inson huquqlari Konstitutsiyada ustivor masala bo‘lib xisoblansa ham, inson huquqlarini davlat manfaatlariga xizmat qildirish xollari uchrab turadi. Jumladan Sobiq ittifoq davridagi Konstitutsiyalarda ham inson huquqlari keng belgilangan bo‘lsada ulardan davlat manfaati yo‘lida foydalanish ko‘rsatib qo‘yilgan edi. Masalan SSSR Konstitutsiyasida fuqarolarga mitinglar, namoyishlar o‘tkazish huquqi berilib, bu xuquqdan faqat sotsialistik tuzumni riojlantirish uchun foydalanish mumkunligi belgilab qo‘yilgan edi. (SSSR Konstitutsiyasining 50-moddasi) [4]. Huddi shunday qoida O’zSSR Konstitutsiyasida ham bo‘lgan.

1991 yildagi O’zbekistonning mustaqilligi o‘z Konstitutsiyasini mustaqil qabul qilish imkoniyatini berdi. Konstitutsiya loixasini tayyorlashda demokratik xorijiy mamlakatlar Konstitutsiyalarini, xalqaro huquq normalarini o‘rganish, taxlil qilish natijasida bo‘lajak Konstitutsiyamizda inson huquqlari bosh masala qilib olindi.
Konstitutsiyaning ikkinchi bo‘limi “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinlikari va burchlari” deb nomanib uning 6 ta bobi inson huquqlariga bag‘ishlandi”. Unda barcha fuqarolarning millatidan qatiy nazar qonun oldida tengligi belgilandi [5].

O’zbekistonda yashovchi barcha millatlarningi nafaqat qonun oldida barcha masalalarda tengligi e’lon qilindi. Konstitutsiyamizda barcha millatlarni xamma soxada tengligi ta’minlanganligiga bekorga urg‘u berayotganimiz yo‘q. Chunki ayrim eng demokratik davlatlar Konstitutsiyalarida ham shu mamlakatdagi asosiy millat mavqei yuqori qo‘yilishi xollari mavjud. Masalan Germaniya Konstitutsiyasining 3-moddasida “Barcha kishilar qonun oldida teng” degan qoida mavjud. Lekin uning bir necha moddalarida tegishli huquq nemislargagina tegishliligi ko‘rstilgan. Konstitutsiyaning 8-moddasida “Barcha nemislar qurolsiz, avvaldan ogoxlantirmay tinch yig‘ilishi mumkin”, 11-modasida “Barcha nemislar federatsiyaning xududida erkin ko‘chib yurishi mumkin” degan qoidalar mavjud. 122-moddada “Barcha nemislar erkin kasb, ish joyi, ta’lim olishi, yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega” deb yozib qo‘yilgan. Bunday xolatni O’zbekiston Konstitutsiyasida uchratmaysiz. O’zbekiston fuqarosi qaysi millatga mansub bo‘lmasin barcha Konstitutsiyaviy huquqlardan birdek foydalanadi.

O’zbekistonda 2023 yida yangi taxrirda Konstitutsiya qabul qilinishi masalasi ko‘tarilganda, unda inson huquqlarini yanada kengaytirish, inson huquqlarini ta’minlash mexanizmini, inson huquqlarini ta’minlashda davlat ma’suliyatini kuchaytirish zarurati mavjudligidan kelib chiqildi.

Buni Konstitutsiyaning quyidagi yangi xolatlarida ko‘rish mumkin.

Avvalo Konstitutsiya Oliy yuridik kuchga egaligi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi xujjat eganligi belgilandi (15-modda). Inson huquq va erkinliklari bevosita amal qilishi, Inson huquq va erkinliklari qonunlarining, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining moxiyati va mazmunini belgilashi;
Davlat tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakligi;
Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi belgilab qo‘yildi (20-modda).
Konstitutsiyada inson huquqlari va erkinliklari ancha kengaytirildi. Yangi huquqlar va qoidalar belgilandi. Buni avvalgi “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” bobi, “Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar” deb o‘zgartirilganida ham ko‘rish mumkin. Avvalgi Konstitutsiyada inson xuquqlari uchun 23 modda ajratilgan bo‘lsa, yangi taxrirdagi Konstitutsiyada 34 modda mavjud bo‘ldi (11 ta yangi modda). Inson huquqlariga taalluqli moddalardagi normalar 37 dan 98 ta ko‘paydi. Bu degani faqat yangi moddalar qo‘shilib qolinmay, yangi normalar bilan boyitildi [6].
O’lim jasosi taqiqlanadi; insonni sha’ni va qadr-qiymati daxlsizdir, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas; hech kim qonunga asoslanmagan xolda xibisga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uni ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas. Shaxsni sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emasligi, uni ushlash chog‘ida unga tushinarli tilda uning huquqlari va ushlab turish sabablari tushuntirilishi shartligi; aybsizlik prizumsiyasi aniq belgilanganligi, aybsizlikka oid barcha shubxalar, ularni bartaraf etish imkoniyati tugagan bo‘lsa ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki maxkumning foydasiga hal qilinishi; xar kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvoxlik berishga majbur emasligi; agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi va jazolanishi mumkin emasligi; ozodlikdan maxrum etilgan shaxslar o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishi hamda inson shaxsiga xos bo‘lgan sha’ni va qadr-qiymati xurmat qilinishi huquqiga egaligi; shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi qoidalarni o‘rnatilishi insonparvar davlat yo‘lidan borayotganimizni ko‘rsatadi.

Konstitutsiyamizda fuqarolarning siyosiy soxadagi xuquqlarni ham kengaytirildi, unga mutlaqo yangi “O’zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar” degan qoida kiritildi (37-modda). Bu fuqarolarning davlat boshqaruv ishlarida ishtirokiga teng imkoniyat yaratadi.
Konstitutsiyaga xomiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirishni taqiqlovchi qoidani kiritilishi esa, ayollarni jamiyatdagi o‘rni munosib bo‘lishiga qaratilgan e’tibordir.

Har kimni uy-joyi bo‘lish huquqi, har kim qulay atrof-muxitga, uning xolati to‘g‘risida ishonchli axborotga ega bo‘lishi huquqi, o‘qituvchilarning maqomini aloxida belgilanishi, sha’ni, qadr-qimmatini ximoya qilinishi, ularga aloxida g‘amxo‘rlik qilish kerakligi, davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishsizlikdan ximoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishini Konstitutsiyada qayd qilinishi va Konstitutsiyaviy darajada belgilanishi O’zbekistonni xalqparvar davlat ekanligidan dalolat beradi.
Yangi taxrirdagi Konstitutsiyaning kuchli va ta’sirchan jixatlaridan yana biri-unda inson huquqlarining kafolatlarini belgilashga yangicha yondashuvdir.
Konstitutsiyaning 54-moddasida “Insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadidir.
Davlat inson hamda fuqaroninig Konstitutsiya va qonunlarida mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi” – deb mustahkamlab, o‘z zimmasiga katta, ma’suliyatni oldi. Bu norma davlatning maqsadi asosida, ma’suliyatini Konstitutsiyaviy darajada mustahkamladi. Bu tarzda ma’sulyatni mustahkamlanganligi barcha davlat Konstitutsiyalarida uchravermaydi.

Konstitutsiyadagi inson huquqlarini belgilovchi ko‘plab moddalarda shu normani ijrosini ta’minlash davlat zimmasida ekanligini yozib qo‘yilganligi davlatning shu ma’sulyatidan kelib chiqadi.

Davlatning ma’sulyati-majburiyati bir necha moddalarda, shu normani “ta’minlash”, “shart-sharoit yaratish”, “chora ko‘rish”, “g‘amxo‘rlik qilish uchun shart-sharoit yaratish” kabi ma’suliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri Konstitutsiya moddalarida ko‘rsatilgan (29, 33, 43, 47, 49, 50, 53, 57-moddalar).

Konstitutsiyada inson va fuqarolarning huquqlari kafolatlari tizimi, fuqarolarga o‘z huquqlarini ximoya qilish imkoniyatlari kengaytirildi.
Jumladan xar kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan ximoya qilishga haqli ekanligi; har kim qonunchilik va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy ximoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini ximoya qiluvchi xalqaro organlarga murojat qilishiga xaqli ekanligi belgilandi (55-modda).

Bu mutlaqo yangi va huquqlarni himoya qilishining kuchli vositasidir.
Konstitutsiyada inson huquqlarini ximoyalashda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar vazifasi belgilandi. Unga asosan, milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini ximoya qilishning mavjud shakllari xamda vositalarini to‘ldiradi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashadi (56-modda).
Konstitutsiyada mexnatga layoqatsizlar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, axolining ehtiyojmand qismi, xotin-qizlar huquqi aloxida ximoyalanishi belgilandi.
Fuqaro huquqlarini ximoyalash faqat shaxsning huquqiy xolatiga taalluqli boblarda, moddalardagina emas, Konstitutsiyaning boshqa moddalarida xam uchraydi.

Konstitutsiyaning 133-moddasida, fuqarolar, agar sud orqali ximoya qilishning boshqa barcha vositalardan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqilishi tugallangan muayan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojat qilishga haqli, - degan qoida bunga misol bo‘ladi. Konstitutsiyaga kiritilgan bu yangi qoida, fuqarolar huquqini kafolatlarini kuchaytirishi bilan birga, Konstitutsiyaviy sud faoliyatini kuchaytirishga xam qaratildi.
Shuningdek, Konsitutsiyaga maxsus “Advokatura” bobining kiritilishi ham inson huquqlarini ta’minlash choralarini kuchaytirilganligini ko‘rsatadi.

Tajribadan ma’lumki, inson huquqlarini Konstitutsiyada belgilanishi masalani bir tomoni, Konstitutsiyalarda u turlicha va xar tomonlama belgilanishi, chiroyli so‘zlar bilan yozib qo‘yilishi mumkun. Sovet davridagi Konstitutsiyalarda xam inson huquqlari yaxshi belgilangan edi. Lekin ularni amal qilishi qoniqarsiz edi. Shuning uchun Konstitutsiyamizda inson huquqlarini mukammal va keng belgilanishi bilan muammolar xal bo‘lmaydi. Ularni amal qilishini ta’minlovchi kuchli mexanizm va sharoitlar bo‘lishi zarur.
O’zbekiston Prezidentining quyidagi “Xammamiz yaxshi tushunamizki, qonunlarni qabul qilish – bu ishning bir qismi xolos.
Asosiy masala-qonunlarning mazmun-moxiyatini xalqimizga va ma’sul ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazish, ularning ijrosini to‘g‘ri tashkil etish xamda qonun talablariga qat’iy amal qilishni ta’minlashdan iboratdir” degan so‘zlari xam buni ko‘rsatadi [7].

Shuning uchun Konstitutsiya normalarini xayotga tadbiq etishni ta’minlashni ko‘zda tutuvchi, Prezidentning 2023 yil 8 mayda “Yangi taxrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi [8]. Farmonda Konstitutsiya normalarini, jumladan inson huquqlariga tegishli normalari ta’minlashning kuchli mexanizm va tadbirlari belgilandi. Konstitutsiya normalarini bajarilishi uchun ko‘plab iqtisodiy imkoniyatlarini yaratish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Bular O’zbekistonning “Ijtimoiy davlat” xususiyatiga mos keladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-53-son farmoyishi // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, https://lex.uz/docs/7160383
2. Konstitutsionnoye pravo zarubejnыx stran: ucheb. dlya vuzov / pod obщ. red. M. V. Baglaya. – M.: NORMA, 2010. – S. 431-438
3. Konstitutsii mira (Sbornik konstitutsiy gosudarstv mira. t. 1) Sostaviteli i avtorы vvedeniya, vstupitel nыx statey U.Tadjixanov i A.X.Saidov. – T.: Akademiya MVD, 1997. – S. 360-342
4. Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqining Konstitutsiyasi. T: “O’zbekiston”, 1977 yil.
5. O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrdagi Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2021. – 76 b.
6. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (yangi tahriri). – T.:Yuridik adabiyotlar publish, 2023. – 112 b.
7. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni katiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. – T.: O’zbekiston, 1-jild, 2017. – B. 107.
8. O’zbekiston Prezidentining 2023 yil 8 maydagi “Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-67-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2023 y., 06/23/67/0269-son.

Qiziqarli ma'lumotlar
Braziliya Federativ Respublikasining konstitutsiyasida "Hindular to'g'risida" deb nomlangan maxsus bob (VIII bob) mavjud bo'lib, ushbu bob Braziliyada yashab kelgan tub aholiga taqdim etilgan alohida ustunlik va imtiyozlarga bag'ishlangan.