''Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni tushuntiradigan eng yaxshi material” tayyorlagan ijodkorlar tanlovi
Jurnalist va blogerlar, faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!
Diqqat tanlov!
Adliya e’tirof etadi!
Adliya vazirligi tomonidan ''Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni tushuntiradigan eng yaxshi material” tayyorlagan ijodkorlar e’tirof etiladi.
Bunda Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi ijodiy ishlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olinadi.
Tanlovda nomzodlar hujjat topshirmaydi, g‘oliblar Komissiya tomonidan bosma, elektron OAVda, tele-radioefirlarda va shaxsiy bloglarda nihoyasiga yetayotgan 2023-yil 2023-yilning 1-maydan 1-dekabriga qadar e’lon qilingan materiallar orasidan tanlab olinadi.
Saralab olingan ishlar mualliflari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzatib boring! G‘oliblarni tez kunlarda ma’lum qilamiz !
Tel. +99871 207-04-54