Germaniyadan munosabat: O‘zbekistan Prezidentining nutqi unda ko‘tarilgan masalalarning mazmuni va ahamiyati bilan ajralib turdi

O‘zbekistan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasidagi nutqi yuzasidan quyidagi fikr-mulohazalarini “Dunyo” axborot agentligiga bayon qildi:

- O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida inson huquqlarini himoya qilish faollashdi, xalkaro munosabatlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi, respublikaning ishonchli biznes sherigi sifatidagi yangi imiji mustahkamlanmokda.

Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkda bo‘lib utgan 78- sessiyasida nutq so‘zlab, xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, iqlim o‘zgarishi va global ekologik muammolarga karshi kurashish bo‘yicha qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surdi. Shu nuqtai nazardan, Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, suv resurslarini tejash, shuningdek, havo ifloslanishiga qarshi kurashga alohida e’tibor qaratdi. Darhaqiqat, Markaziy Osiyoda har qachongidan ham ko‘prok "yashil" rivojlanish dasturlarini hayotga tadbiqetish va millat kelajagi uchun sog‘lom ekologik muhitni saqlash doirasida tizimli hamkorlikni yo‘lga quyishda sa’y-hakatlarni birlashtirish katta ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Islom dinining asl gumanistik mohiyatini jahon hamjamiyatiga yetkazishni muhim vazifa deb bilishini ta’kidladi. Davlat rahbarining nutqi unda ko‘tarilgan masalalarning mazmuni va ahamiyati bilan ajralib turdi. Prezident tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar zamonamizning eng dolzarb muammolarini qamrab olgani xolda ularga nafakat mintakaviy, balki xalqaro miqyosda xam alohida ahamiyat kasb etadigan konstruktiv yechim taklif etilganiga aminman.

Qiziqarli ma'lumotlar
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi davlatining konsitutsiyasi 300ga yaqin qonun hujjatlaridan iboratdir, ya'ni bu davlatda yagona konstitutsiya hujjati mavjud emas.