Konstitutsiya - demokratik islohotlar tayanchi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-4969-sonli farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyat adliya boshqarmasining tashabbusi bilan 2017 yilning 27 oktabr kuni Navoiy davlat pedagogika institutida “Konstitutsiya- demokratik islohotlar tayanchi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Ushbu, tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyada Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi markazi professor-o‘qituvchilari, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori hamda talabalari, shuningdek televediniya va matbuot xodimlari, jami 200 dan ortiq tinglovchilar ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuvda Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Sh.Bahronov so‘zga chiqib, Konstitutsiyamizning qabul qilinganligiga yigirma besh yilligi munosabati bilan barcha yig‘ilganlirni tabriklab, hozirda ushbu bayramni keng nishonlash bo‘yicha joylarda ko‘plab uchrashuvlar tashkil qilinayotganligini, yaqindagina “Yoshlar markazida” “Konstitutsiya va yoshlar” mavzusida viloyatdagi yoshlar bilan ushrashuv tashkil qilinganligini, bugungi ilmiy-amaliy konferensiya bosh qomusimizning yaratilish tarixi, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida bo‘libgina qolmasdan, balki konstitutsiyamizning jamiyatdagi muhim o‘rni va demokratik islohotlarning tayanchi ekanligi haqida keng va atroflicha fikr va mulohazalar yuritilishini aytib o‘tdi.

Tadbirda Navoiy viloyat hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Soliyev ishtirok etib, mamlakatimiz istiqlolga erishilgach, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega demokratik huquqiy davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish xayotimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy maksadi etib belgilanganligini, bundan 25 yil avval qabul qilingan mamlakatimiz Konstitutsiyasi muxim vazifalarni xayotga tatbiq etishda va oldimizga qo‘ygan maqsad sari og‘ishmay borishda mustahkam asos bo‘lib xizmat qilayotganligini bildirdi.

Bundan tashqari, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori X.Mamatov “Konstitutsiya – inson huquq va erkinliklari kafolati” mavzusida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri, yuridik fanlar doktori B.Toshev “O‘zbekiston Konstitutsiyasi – milliy davlatchiligimiz va huquq tizimining manbai” mavzusida, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudi raisi N.Fayziyev “Konstitutsiya va sud-huquq islohotlari” mavzusida, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B.Daniyarov “Konstitutsiyaning hayotiy o‘rni” mavzusida, Navoiy davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi O.Eshdavlatov “Konstitutsiya – taraqqiyotimiz va farovonligimizning muhim huquqiy asosi” mavzularida ma’ruzalar qilishdi.

Shuningdek, mazkur ilmiy-amaliy konferensiyada “Konstitutsiya- demokratik islohotlar tayanchi” nomli to‘plam ham chop etildi.

Uchrashuv davomida tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilardan atroflicha javoblar olishdi.

Qiziqarli ma'lumotlar
Hindiston Konstitutsiyasi AQSh Konstitutsiyasidan farqli o‘laroq dunyodagi eng katta va murakkab Konstitutsiya hisoblanadi.