O‘zbekiston – ijtimoiy davlat

​O‘zbekiston – ijtimoiy davlatDavlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi.

Har kim eng kam oylik maoshidan past bo‘lmagan miqdorda adolatli haq olish huquqi ega.

Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlikda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.

Pensiyalar, nafaqalar va ijtimoiy yordamning miqdorlari eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas.

Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.

Har kim uy-joyli bo‘lish huquqi ega.

Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi.

Fuqarolarga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi bepul ko‘rsatiladi.

Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

Yollanib ishlovchilarga har yilgi haq to‘lanadigan mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi kafolatlanadi.

Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi.

Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.

Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli.

Qiziqarli ma'lumotlar
Braziliya Federativ Respublikasining konstitutsiyasida "Hindular to'g'risida" deb nomlangan maxsus bob (VIII bob) mavjud bo'lib, ushbu bob Braziliyada yashab kelgan tub aholiga taqdim etilgan alohida ustunlik va imtiyozlarga bag'ishlangan.