Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o'tkaziladi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan Umummilliy Konstitutsiya imtihoni o'tkaziladi.

Imtihonda barcha ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida ro'yxatdan o'tiladi (15-noyabrdan 25-noyabr 23:59 gacha).

Tanlov quyidagi 2 bosqichda 3 ta toifa uchun alohida tashkil etiladi:

1-bosqich – test sinovlari:

▫️ umumta'lim maktab, akademik litsey va texnikum o'quvchilari uchun – 27-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
▫️ huquqshunoslar va oliy ta'lim muassasalarida huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha o'qiyotgan talabalar uchun – 28-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;
▫️ boshqa barcha fuqarolar uchun – 29-noyabr soat 9:00 dan 14:00 gacha;

2-bosqich – suhbat.

Test sinovida 8-dekabr.adliya.uz sayti orqali onlayn tarzda ishtirok etiladi.

Test sinovi yangi Konstitutsiya asosida tuzilgan 20 ta test savoli va 1 ta ijodiy savoldan iborat. Test savollariga eng qisqa muddatda to'g'ri javob bergan ishtirokchilar orasidan 30 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savolga javoblari ko'rib chiqiladi.

Baholash natijasiga ko'ra, eng yuqori ball to'plagan 10 nafar ishtirokchi keyingi bosqichga o'tadi.

Ikkinchi bosqich (suhbat) 8-dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida tashkil etiladi.

Suhbat jarayonlari onlayn translyatsiya qilinadi.

G'oliblar diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovda faqat bitta akkauntdan ishtirok etishga ruxsat etiladi.

Ishtirokchi keyingi bosqichga o'tish vaqtida turli akkauntlardan qatnashgan holatlar aniqlangan taqdirda, natijasidan qat'i nazar, imtihondan chetlashtiriladi.

Qiziqarli ma'lumotlar
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi davlatining konsitutsiyasi 300ga yaqin qonun hujjatlaridan iboratdir, ya'ni bu davlatda yagona konstitutsiya hujjati mavjud emas.