“Konstitutsiya - mamlakat taraqqiyoti va jamiyat faravonligining huquqiy kafolatidir” viktorinasi

Ushbu viktorinaning maqsadi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini o’quvchilar ongiga singdirish, ularning huquqiy savodxonligi va madaniyatini yanada oshirish, ular o’rtasida sog’lom raqobatni shakllantirish, o’quvchilar erishayotgan natijalarni targ’ib qilish va qo’llab-quvvatlash, shu bilan birga yoshlarni huquqiy bilimi qay darajada ekanligini aniqlash kabilardan iboratdir.

Viktorinada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid savollar beriladi va unga o’quvchi-yoshlar(foydalanuvchi) yozma javob berish (iqtibos qoldirish) orqali javob berishadi.

G’oliblar quyidagi mexanizm asosida baholanadi:

Viktorinada 1-, 2- va 3-o’rin g’oliblari savollarga vaqt mezoni bo’yicha to’liq to’g’ri javob qoldirgan izohlar asosida aniqlanadi.

Agarda barcha savollarga to’g’ri javob bergan muxlislarimiz soni bir qancha bo’lsa, unda bizga eng birinchi bo’lib javoblarni yo’llagan muxlisimiz g’olib deb topiladi. G’olib muxlisimiz UZINFOCOM markazining sovg’alari bilan taqdirlanadilar va u haqdagi maqola saytda suratlari bilan yoritiladi.

Viktorinada maktab, kasb-hunar kolleji va litsey o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

O’tkazish vaqti: 2015 yilning 26 noyabrdan 9 dekabrgacha

G’oliblar 2015 yil 10 dekabr kuni fikr.uz saytidan e’lon qilinadi.

Eslatma:

O’quvchilar viktorinada qatnashishi uchun id.uz dan ro’yxatdan o’tadilar. So’ngra ular id.uz logini, ta’lim muassasasining nomi va manzili, o’zining yoki ota-onasininng telefon raqamini ko’rsatgan holda ziyonet@uzinfocom.uz elektron pochtasiga habar jo’natadilar. Habardagi ma’lumotlar asosida Siz bilan bog’lanamiz.

G’oliblar UZINFOCOM markazining sovg’alari bilan taqdirlanadilar va ular haqida maqola yozilib, fikr.uz saytida suratlari bilan yoritiladi.

Murojaat uchun telefon: 0 (371) 239-44-56, 0 (371) 246-04-70.

Ajoyib imkoniyatni qo’ldan boy bermang, Viktorina savollariga javob bering va g’olib bo’ling!

Viktorina savollari:

“O’zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo’linmasdir” ushbu qoida Konstitutsiyamizning qaysi moddasiga tegishli?

“O’zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish masalalarini hal etish Konstitutsiyaning qaysi moddasi asosida tartibga solinadi?

Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi Konstitutsiyaning qaysi bobida aks etgan?

Konstitutsiyaga ko‘ra qanday jamiyatlar va uyushmalar tuzish ta’qiqlanadi?

Gerb, madhiya, bayroq, Konstitutsiya va davlat tilini qabul qilingan sanasiga ko’ra xronologik jadval ko’rinishida joylashtiring.

- davlatlarning suveren tengligi,

- kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik,

- chegaralarning daxlsizligi,

- nizolarni tinch yo’l bilan hal etish,

-boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi

qoidalar mustahkamlangan bob qanday nomlanadi?

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari qanday siyosiy huquqlarga ega?

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qanday shaxsiy huquq va erkinliklar mustahkamlab qo’yilgan?

Konstitutsiyaga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qanday talablarga javob berishi lozim?

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko’ra Davlat qanday ramzlarga ega?

Qiziqarli ma'lumotlar
Hindiston Konstitutsiyasi AQSh Konstitutsiyasidan farqli o‘laroq dunyodagi eng katta va murakkab Konstitutsiya hisoblanadi.