Tadbirkor va ishbilarmonlar huquq va manfaatlari Konstitutsiya himoyasida

​Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlaydi.

Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.

Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va faoliyat yo‘nalishlarini mustaqil tanlashga haqli.

Davlat iste’molchining huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.

Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.

Monopol faoliyat qonun bilan cheklanadi.

Mulkdor o‘z mol-mulkidan sud qarorisiz hamda qonunga zid tarzda mahrum qilinishi mumkin emas.

Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega.

Davlat sog‘liqni saqlash tizimining nodavlat shakllarini rivojlantirish choralarini ko‘radi.

Davlat nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

Qiziqarli ma'lumotlar
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi davlatining konsitutsiyasi 300ga yaqin qonun hujjatlaridan iboratdir, ya'ni bu davlatda yagona konstitutsiya hujjati mavjud emas.