O‘zbekiston – huquqiy davlat

​O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy davlat.

Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi.

Qonunlardagi ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga hal etiladi.

O‘zbekistonda barcha mulk shakllari tengdir va huquqiy tomondan himoya qilinadi.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda, yuridik yordam davlat hisobidan ko‘rsatiladi.

Mulkdor o‘z mol-mulkidan sud qarorisiz hamda qonunga zid tarzda mahrum qilinishi mumkin emas.

Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak.

Hech kim sud qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga majburiy chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emas.

Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlardagi huquq va erkinliklarini ta’minlaydi.

Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.

Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega.

Qiziqarli ma'lumotlar
AQSh Konstitutsiyasi dunyodagi eng kichik va eng o‘zgarmas Konstitutsiya hisoblanadi.