O'zbekiston haqida

O’zbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan bo’lib, umumiy maydoni 448,9 ming km.kv.ni tashkil etadi. Respublika hududi sharqdan g’arbgacha 1 425 km ni, shimoldan janubgacha esa 930 km ni tashkil etadi.

Respublika shimolda va shimoliy-sharqda Qozog'iston, sharqda va janubiy-sharqda Qirg'iziston va Tojikiston, g'arbda Turkmaniston, janubda esa Afg'oniston bilan chegaradoshdir. Davlat chegarasining Afg'oniston bilan uzunligi — 143 km, Qozog'iston — 2.356,31 km., Qirg'iziston — 1.476,12 km., Tojikiston — 1.283,2 km. va Turkmaniston bilan — 1.831,49 km ni tashkil etadi.

O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi

Qoraqalpog'iston Respublikasi

  • Poytaxti – Nukus shahri
  • Qoraqalpog'iston Respublikasi hududi – 166,6 ming kv.km

Andijon viloyati

  • Markazi – Andijon shahri
  • Viloyat hududi – 4,24 ming kv.km

Buxoro viloyati

  • Markazi – Buxoro shahri
  • Viloyat hududi – 40,30 ming kv.km

Jizzax viloyati

  • Markazi – Jizzax shahri
  • Viloyat hududi – 21,4 ming kv.km

Qashqadaryo viloyati

  • Markazi – Qarshi shahri
  • Viloyat hududi – 28,6 ming kv.km

Samarqand viloyati

  • Markazi – Samarqand shahri
  • Viloyat hududi – 16,77 ming kv.km

Navoiy viloyati

  • Markazi – Navoiy shahri
  • Viloyat hududi – 110,99 ming kv.km

Namangan viloyati

  • Markazi – Namanagan shahri
  • Viloyat hududi – 7,44 ming kv.km

Surxondaryo viloyati

  • Markazi – Termiz shahri
  • Viloyat hududi – 20,1 ming kv.km

Toshkent viloyati

  • Markazi – Toshkent shahri
  • Viloyat hududi – 15,6 ming kv.km

Sirdaryo viloyati

  • Markazi – Guliston shahri
  • Viloyat hududi – 4,3 ming kv.km

Xorazm viloyati

  • Markazi – Urganch shahri
  • Viloyat hududi – 6,05 ming kv.km

Farg'ona viloyati

  • Markazi – Farg'ona shahri
  • Viloyat hududi – 6,76 ming kv.km

Toshkent shahri

  • Hududi – 334,8 kv.km

Qiziqarli ma'lumotlar
Braziliya Federativ Respublikasining konstitutsiyasida "Hindular to'g'risida" deb nomlangan maxsus bob (VIII bob) mavjud bo'lib, ushbu bob Braziliyada yashab kelgan tub aholiga taqdim etilgan alohida ustunlik va imtiyozlarga bag'ishlangan.