Loyiha haqida

​Loyihaning maqsadi foydalanuvchilar uchun Respublikamizning asosiy qomusi – Konstitutsiya haqida ma’lumot berish bilan birgalikda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirishga ko‘maklashishdan iborat.

Shuningdek, veb-saytda zamonaviy axborot texnologiyalarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda, mamlakatimiz haqida muhim ma’lumotlar, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, bosh qomusimizni aholining barcha qatlamlari o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilayotgan tanlovlar, bu boradagi maqolalar, dunyo qonunchiligidan qiziqarli faktlar va boshqa multimedia ma’lumotlariga keng o‘rin berilgan.

Ahamiyatlisi ma’lumotlar foydalanuvchilar uchun qulay, zamonaviy shakllarda taqdim etilishiga alohida e’tibor qaratilgan.

Qiziqarli ma'lumotlar
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi davlatining konsitutsiyasi 300ga yaqin qonun hujjatlaridan iboratdir, ya'ni bu davlatda yagona konstitutsiya hujjati mavjud emas.