Yaponiya Konstitutsiyasi

Garchi Yaponiya Konstitutsiyasining 9-moddasiga binoan, Yaponiya kelajakda urush olib borish huquqidan hamda quruqlik, dengiz va havo harbiy kuchlar tuzish huquqidan abadiy vos kechgan bo'lsada, bugungi kunda Yaponiya harbiy harajatlari bo'yicha dunyoda 5-o'rinda turadi ($ 58,97 mlrd).

Yaponiyaning amaldagi konstitutsiyasi Ikkinchi jahon urushidan so'ng qabul qilingan, matn asosan g'olib davlat AQSh yuristlari tomonidan yapon huquqshunoslar komissiyasi tavsiyalarini e'tiborga olgan holda tuzilgan. E'tiborli tarafi o'tgan davr mobaynida Parlamentda konstitutsiyani milliy ruhiyatda qayta ko'rib chiqish borasida ko'p bor takliflar bildirilgan bo'lsada, shu kunga qadar konstitutsiya matniga umuman o'zgartirish kiritilmagan.
Konstitutsiyaning 9-moddasida harbiy kuchlar tuzish taqiqlangan bo'lsada, hozirda faoliyat yuritayotgan O'z-o'zini mudofaa qilish kuchlar rasman Politsiyaning ixtisoslashgan qismi hisoblanadi. 2015-yilda Yaponiya Parlamenti Konstitutsiya sharxiga o'zgaritirish kiritdi va Yaponiya harbiy kuchlarini mamlakat manfaatlarini himoya qilish uchun horijda harbiy operatsiyalarda ishtirok etishga huquqiy asos yaratildi.

Qiziqarli ma'lumotlar
AQSh Konstitutsiyasi dunyodagi eng kichik va eng o‘zgarmas Konstitutsiya hisoblanadi.