Braziliya Federativ Respublikasi konstitutsiyasi

Braziliya Federativ Respublikasining konstitutsiyasida "Hindular to'g'risida" deb nomlangan maxsus bob (VIII bob) mavjud bo'lib, ushbu bob Braziliyada yashab kelgan tub aholiga taqdim etilgan alohida ustunlik va imtiyozlarga bag'ishlangan.

Tub aholining urf-odatlari, yashash tarzi hamda ularning son jihatidan kamayib borayotganini e'tiborga olgan holda ularga taqdim etilgan maxsus imtiyoz va ustunliklarni bevosita konstitutsiyaning o'zida ko'rsatib o'tilgan. Mazkur imtiyozlar birinchi navbatda hindular yashayotgan tarixiy yerlarga taaluqli bo'lib, ularni ushbu joylardan har qanday usulda mahrum etish mamlakat parlamenti tomonidan hindu jamoalarning tegishli tartibda taqdim etgan xulosasi asosida amalga oshirilishi mumkin.

Qiziqarli ma'lumotlar