Konstitutsiya targ‘ibotining yangicha usullari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi F–4969-son farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda umumiy ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish” kurslarini olib borayotgan professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy-nazariy va amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi umumiy ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy targ‘ibot guruhlari a’zolari hamda malakali huquqshunos xodimlar ishtirok etdi.

Seminarda ishtirokchilar o‘z takliflari bilan faol qatnashib, barcha ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

Qiziqarli ma'lumotlar
Garchi Yaponiya Konstitutsiyasining 9-moddasiga binoan, Yaponiya kelajakda urush olib borish huquqidan hamda quruqlik, dengiz va havo harbiy kuchlar tuzish huquqidan abadiy vos kechgan bo'lsada, bugungi kunda Yaponiya harbiy harajatlari bo'yicha dunyoda 5-o'rinda turadi ($ 58,97 mlrd).