O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan talabalarning ilmiy-amaliy konferensiyasi

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-4969-son farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, 8 dekabr Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun umumxalq bayramini mamlakatimizda ko‘tarinki ruxda kutib olish hamda Bosh qomusimizning mazmun-mohiyatini talaba-yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusidagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Ilmiy-amaliy konferensiya 2017 yil 1 dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘lib o‘tadi,

Ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy maqsadi: Xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarining mustahkam kafolati sifatida yurtimizda bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashi borasida asosiy poydevor bo‘lib kelayotganligini, mamlakatimizda Konstitutsiyada belgilab berilgan qoida va tamoyillar negizida samarali milliy qonunchilik tizimi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllanib, hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalib, xalqimizning ongu tafakkuri tobora o‘sib borayotgani yosh avlodga yetkazish hamda Konstitutsiyaning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda Asosiy Qonunimiz qabul qilinganining yigirma besh yillik sanasini keng nishonlash.

Ilmiy-amaliy konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi.

Ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:

- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: mamlakatimizdagi islohotlarning yangi bosqichidagi o‘rni;

- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - ta’lim va madaniyatni oshirishning asosi;

- Konstitutsiyaviy burch huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim omili sifatida;

- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: inson manfaatlari va oilaviy munosabatlar;

- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yoshlar masalasi.

Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamida chop etish uchun yuboriladigan ilmiy maqolalarga kuyiladigan talablar:

Materiallar anjuman yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda bo‘lishi, hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib asoslantirilgan takliflar bo‘lishi hamda ilmiy pahbap hulosasi bo‘lishi shart;

Materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin (3 ta tildan 1 tasi tanlab yoziladi, bu degani 1 ta maqola 3 ta tilda bo‘lishi kerak degani emas);

Taqdim etiladigan material matnlari tahrir qilingan holda A4 o‘lchovdagi qog‘ozda, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirib yoziladi. 1 intervaldan keyin oliy ta’lim muassasasi nomi yoziladi. Materialning nomi, 1,5 intervaldan sung muallifning ismi, otasining ismi va familiyasi bosh harflada yoziladi. 1,5 interval qoldirib matn 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS WORD dasturida. Times New Roman shriftida, 14 kegl kattaligida 1,5 intervalda bo‘lishi va 3-5 betgacha hajmda bo‘lishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matn oxirida beriladi. '

Ishtirokchi maqolasi sarlavhasiga uning foto sur’ati joylashtirilishini inobatga olib hap bir ishtirokchi o‘zining 3x4 hajmdagi sifatli fotosuratini taqdim etishi lozim.

Maqolalar joriy yilning 10 noyabr sanasiga qadar mm.markaz@tsul.uz elektron manziliga yuborilishi kerak.

Taqdim etilgan maqolalar tahrir hay’ati tomonidan tekshiriladi va ilmiy-amaliy konferensiya talabiga mos kelmagan materiallar kabul qilinmaydi. Hammualiflar ikkitadan ortiq bo‘lmasligi va bir muallifdan taqdim etiladigan maqola bittadan ko‘p bo‘lmasligi lozim.

Taqdim etilgan maqolalarda keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun muallif(lar) shaxsan javobgardir. Ilmiy-amaliy konferensiyada o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

Tashkiliy qo‘mita manzili: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy Toshkent davlat yuridik universiteti 2-binosi 110-xona.

Qushimcha ma’lumotlar uchun: Sh.Po‘latov - Toshkent davlat yuridik universiteti mas’ul xodimi, tel.: (90) 908-25-55

S.Ahmedov - OO‘MTV huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi guruh rahbari, tel.: (90) 955-18-19.

Qiziqarli ma'lumotlar
AQSh Konstitutsiyasi dunyodagi eng kichik va eng o‘zgarmas Konstitutsiya hisoblanadi.