Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25-yilligi munosabati bilan Jizzax viloyatidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Viloyat adliya va xalq ta’limi boshqarmalari, “Bilag‘on” bolalar gazetasi tahririyati hamkorligida tashkil etilgan tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida huquqshunos mutaxassislar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi vakillari, o‘qituvchilar, ota-onalar ishtirok etdi.

Tanlovda 300 ga yaqin o‘quvchi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, hayotimizda tutgan o‘rni va ahamiyati bo‘yicha bilimini namoyish etdi. Tajribali mutaxassislardan iborat hay’at tomonidan eng yaxshi insholar mualliflari aniqlanib, rag‘batlantirildi.

Yangiobod tumanidagi 12-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Hilola Mamadaminovaning inshosi birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Ikkinchi o‘ringa Paxtakor tumanidagi 2-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Gavhar Nishonova, uchinchi o‘ringa Jizzax shahridagi 9-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Komron Shaharboyev sazovor bo‘ldi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA

Qiziqarli ma'lumotlar
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi davlatining konsitutsiyasi 300ga yaqin qonun hujjatlaridan iboratdir, ya'ni bu davlatda yagona konstitutsiya hujjati mavjud emas.